Bangkokdagi kasalxona bomba orqali portlatilgani ma’lum bo‘ldi

Bangkok kasalxonasidagi portlash gaz tizimidan chiqmaganligi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Kasalxonadagi portklash oqibatida kamida 23 kishi jarohatlangan. Jarohatlanganlarning ko‘pchiligiga portlashda uchgan bino bo‘laklari kelib urilgan.

Vayron bo‘lgan binodan portlovchi modda qoldiqlari topilgan. Politsiya boshlig‘ining yordamchisi Srivara Ransibrahmanakul bino portlovchi modda orqali portlaganini tasdiqladi.

Avvalroq, portlash gaz tizimidagi nosozlik sabab kelib chiqgani xabar qilingan edi.

Latest from Blog