Babayan «Qachon isteʼfoga chiqasiz» degan savolga ochiq javob berdi

Milliy terma jamoa Bosh murabbiyi Samvel Babayan jurnalistlarning isteʼfo haqidagi savoliga javob berar ekan «Mening isteʼfoga chiqishimni Federatsiya hal qiladi», dedi. Bu haqda «Oʻzbekiston 24» nashri xabar tarqatmoqda.

Foto: UZ24.uz

Xabarda aytilishicha, «Bunyodkor» stadionining anjumanlar zalida Oʻzbekiston — Janubiy Koreya oʻyini oldidan matbuot anjumanida dastlab jurnalistlar savollariga bosh murabbiy Samvel Babayan va futbolchi Jaloliddin Masharipov javob bergan.

«Xitoy bilan oʻyinda biz gʻalabaga haqli edik. Oʻyinni hakamlar buzdi. Ayniqsa, penalti bilan bogʻliq vaziyat haqida uzoq bahslashish mumkin», — degan Babayan.

OAV xodimlari tomonidan yoʻllangan isteʼfo haqidagi savolga murabbiy quyidagicha javob bergan:

«Menga bu savolni juda koʻp berishdi. Yana qaytarib aytaman, mening qachon isteʼfoga chiqishimni Oʻzbekiston futbol federatsiyasi hal qiladi. Rahbariyatning har bir qarorini shu zahotiyoq bajarishga tayyorman».

Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi magʻlubiyatga yuz tutgudek boʻlsa, ijtimoiy tarmoqlarda Samvel Babayanga qarshi aksiyalar uyushtirishni boshlaydilar.

Shunday norozilik aksiyalaridan biri Lacetti rusumidagi avtomobilga Babayanni ketishini soʻrab bitilgan bannerda ham aks etgan.

Muxlis Babayanga oʻz gaplarini mashinasiga yopishtirilgan bannerlari orqali izhor etgan va uni #babayanout heshtegi bilan tugatgan.

Babayanning ketishini qoʻllab-quvvatlaganlar orasida «ket» talabini sheʼriy tarzda ham ifodalagan futbol muxlislari soni ham talaygina.

Latest from Blog