Foto: O‘FA

“Ayrimlar futbolni biznes qilib yubordi” — Abdusalom Azizov

19-iyun kuni Milliy olimpiya qoʻmitasida OʻFAning navbatdan tashqari kongressi boʻlib oʻtdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bermoqda.

Unda OʻFA rahbari Abdusalom Azizov soʻzga chiqdi.

“Biz futbolda koʻp narsani yoʻqotdik. Ayrimlar buni biznes qilib yubordi. Bolalar futbolidan boshlandi. Talantlar emas, kimnidir iltimosi bilan bolalar olinmoqda. Ijodiy yondashuv yoʻq. Futbolimizning eng katta kamchiligi boshqa davlat murabbiylari bizning jamoani bir deganda oʻrganib olmoqda”, — dedi Azizov.

Shuningdek, OʻFA rahbari boshqa futbol klublarining maoshlarini ham ochiqlashi haqida aytib oʻtdi.

“Futbolda xolislik va halollikni talab qilamiz. Mana, kecha „Paxtakor“ klubi maoshlarini ochiqladik, boshqa klublarning ham maoshlarini ochiqlaymiz”, — dedi Abdusalom Azizov.

Latest from Blog