«Axborot», «Davr» va «Poytaxt» dasturlari faoliyati to‘xtatiladi

«O‘zbekiston» teleradiokanalidagi «Axborot» va «Tahlilnoma», «Yoshlar» teleradiokanalidagi «Davr», «Toshkent» teleradionalidagi «Poytaxt» informatsion dasturlari o‘z faoliyatini ushbu telekanallarda  to‘xtatadi. Bu haqda MTRK’ga tayanib Uz24 axborot portali xabar berdi.

Foto: Uz24

Barcha yangilik dasturlari yangi ochiladigan «O‘zbekiston 24» telkanali orqali efirga uzatiladi. Telekanalning ochilish kuni xozircha ma’lum qilinmadi.

Xabarga ko‘ra, «Axborot», «Poytaxt» va «Davr» «O’zbekiston 24» telekanali orqali efirga chiqishda davom etadi.

«O‘zbekiston 24» telekanalining MTRK tizimida ochilishi haqidagi qarorni Shavkat Mirziyoyev may oyining boshida qabul qilgan edi.

Telekanal dasturlari orqali mamlakatdagi siyosiy, iqtsodiy, madaniy va sport xabarlari berib boriladi. Telekanalning xorijiy davlatlarda ham byurolari ochilishi ko‘zda tutilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar