Avtotest’ning monopol huquqini bekor qilish bo‘yicha qaror tayyorlanmoqda

Adliya vazirligi tomonidan avtotransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha Avtotest’ning monopol huquqlarini bekor qilish bo‘yicha hukumat qarori loyihasi tayyorlanmoqda. Bu haqda vazirlikning Telegram’dagi “Huquqiy axborot” kanalida ma’lum qilindi.

Foto: Avtotest

Loyihada haydovchilarni tayyorlash va malakasi oshirish faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini qonunchilikda belgilangan talablarga javob beradigan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarga berish ko‘zda tutilmoqda.

Shuningdek, yuridik shaxslarga tegishli avtotransport vositalari haydovchilariga o‘rnatilgan malaka oshirishga oid talabni qisman bekor qilish masalasi ko‘rilmoqda. Davriy ravishda haydovchilik malakasini oshirish talabini faqat tijorat sifatida yo‘lovchi va yuk tashish bilan shug‘ullanuvchi shaxslarga nisbatan qoldirish taklif qilinmoqda.

Latest from Blog