«Avtosanoat» hisoboti: Avtomobillar ishlab chiqarish 60 foizga ortgan

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shu yil boshidan O‘zbekiston avtomobil sanoatida jadal o‘sish sur’atlari kuzatilgan. Xususan, yanvar oyida 12,7 ming dona avtoulov konveyerdan chiqarilgan va bu 2017-yilning dastlabki oyiga nisbatan 60 foiz ko‘pdir, deya xabar beradi «Xalq so‘zi» gazetasi.

Foto: Uza.uz

O‘z navbatida, avtomobil dvigatellari yetkazib berish 58,2 foiz oshib, 9,22 ming donaga yetgan. Eslatib o‘tamiz, «Chevrolet Spark», «Chevrolet Nexia R3», «Chevrolet Cobalt», «Chevrolet Lacetti»(«Gentra») uchun bunday dvigatellar o‘zimizdagi «GM Powertrain Uzbekistan» zavodida tayyorlanadi.

Biroq yanvar oyida yuk mashinalari ishlab chiqarish 36,1 foiz qisqarib, 177 donani tashkil etgan. Avtobuslar yig‘ish esa 2017-yilning shu davriga nisbatan 2,5 foiz kamaygan va 40 donaga teng bo‘ldi.

Latest from Blog