Avtosalonda tanishim bor deb millionlab pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoro viloyati IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan “Qiriduv va Tozalash” tadbirlari davomida, 2014-yilning dekabr oyi boshlarida, jami 10 nafar fuqarolarning ishonchiga kirib ularga o‘zini MXX xodimi sifatida tanishtirib firibgarlik qilgan shaxs qo‘lga olindi, deb xabar berdi viloyat IIB matbuot xizmati.

Foto: Piter.tv

U o‘zining avtosalonlarda tanishlari borligini va avtomobil olib berishni va’da qilgan holda, Qorako‘l tumanida yashovchi fuqarolar F.Ergashovdan 53 million so‘m, R.Elmurodovadan 12250 dollar, M.Ergashevdan 11900 dollar, M.Botirovdan 10600 dollar, Sh.Mamatovdan 10700 dollar, T.Hamdamovdan 52 million so‘m, R.Xolliyevdan 32 million so‘m, M. Ro‘zimurodovdan 36 million so‘m, Sh.Ergashevdan 30 million so‘m, shuningdek, Buxoro tumanida yashovchi B.Bozorovdan salkam 16 million so‘m pullarni firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Firibgar tergov idoralaridan yashirinib yurganligi sababli O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan 2015-yilning 12-aprel kuni unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan,

Qorako‘l tumanida istiqomat qilgan, 1988-yilda tug‘ilgan Erkin Safarov ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan Toshkent shahrida yashirinib yurganligi aniqlanib, qo‘lga olingan. Unga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar