“Atlas bayrami” festivalida 23 yoshli oshpaz 2 tonnalik osh tayyorladi

Marg‘ilonda o‘tkazilayotgan “Atlas bayrami” milliy matolar festivalida 2 tonnalik osh tayyorlandi. Bu haqda Facebook’dagi “Xalq bilan muloqot” guruhiga asoslanib, UZ24 xabar bermoqda.

Foto: UZ24

“Marg‘ilonda ‘Atlas bayrami’ milliy matolar festivali bo‘lib o‘tmoqda. Sayyohlar ham tashrif buyurgan. Sayyohlarni jalb etgan yana bir holat 23 yoshli oshpaz o‘z tengdoshlari o‘rtasida shaxsiy rekordini o‘rnatish maqsadida 2 tonnalik osh tayyorladi”, — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 8-sentabr kuni “O‘zbegim” milliy qadriyatlar festivali doirasida megapalov tayyorlandi va u Ginnesning rekordlari kitobiga kiritildi.

Latest from Blog