Askarali Karimov: Shavkat Mirziyoyev bilan Amerikada bo‘lib o‘tgan uchrashuv hayotimdagi tarixiy burilish bo‘ldi

1

2017-yilning sentabr oyida Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida qatnashish uchun AQShga safar qilganida bir guruh vatandoshlar bilan uchrashgandi. Ularning orasida Askarali Karimov ham bor edi. Askarali Karimov O‘zbekiston Prezidentining samimiy munosabati va o‘zining kelajak rejalari haqida “Amerika ovozi” teleradiosiga so‘zlab berdi, deya xabar qiladi O‘zA.

Korrespondent uzbekistan 022

Bir kun kelib Amerikaga borib yashayman, Prezidentimiz bilan u yerda uchrashaman deb o‘ylamaganman. Uchrashuv lahzalarida juda hayajonda edim. Bilasiz, Prezident bilan uchrashish hammaga ham nasib qilmaydi. Bu uchrashuv hayotimdagi eng esda qolarli voqea bo‘ldi.

Men ham yig‘ilishda qatnashgan vatandoshlarimiz qatori o‘z taklif va fikrlarimni bildirdim.

Yurtboshimiz menga “Sizga ish bor, samolyotga chiqasiz, pasportini olinglar bugun ketasiz men bilan…” dedilar. O‘shanda menda kuchli hayajon boshlandi. Sababi bunday bo‘ladi, deb hech o‘ylamaganman. Shunda “Shavkat Miromonovich hazillashmayapsizmi..?” dedim. “Men sizning Prezidentingizman, qanday qilib hazillashishim mumkin Sizning hayotingiz bilan… Vatanga qaytinglar, har biringizga nima imkoniyat bo‘lsa yaratib beramiz. Vatan kelajagi ravnaqi uchun barchamiz birgalikda harakat qilaylik” dedilar.

Men uchun bu uchrashuv hayotimdagi tarixiy burilish bo‘ldi.

Prezidentimiz bilan samimiy suhbatdan so‘ng Vatanimga qaytishga qat’iy ahd qildim. Hozir qaytish taraddudidaman.

Askarali Karimov, Texas A&M, Texas Qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universitetida texnika fanlari doktori

 

Askarali Karimov — Surxondaryo viloyatining Denov tumanida tug‘ilgan, 1999-yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan. Ayni paytda Texas shtatida istiqomat qiladi.

2004-yilda AQShning Indiana shtatidan magistrlik diplomini qo‘lga kiritgan.

2016-yilda Texas A&M, Texas Qishloq xo‘jaligi va mexanizatsiya universitetida texnika fanlari doktori darajasiga erishgan.

Latest from Blog