Foto: India Today

Ashraf Gʻani Afgʻonistonni tark etdi

/

Afgʻoniston prezidenti Ashraf Gʻani prezidentlik saroyini tark etdi, deb xabar beradi yakshanba kuni Interfaks.ruʼga Kobuldagi Rossiya elchixonasi matbuot attashesi Nikita Ishchenko.

“Biz bilganimizdek, u prezident saroyini tark etdi”, — dedi u Rossiya tomonida Gʻani isteʼfoga rozilik bergani haqidagi maʼlumotlarning tasdigʻi bormi, degan savolga javob berarkan.

Yakshanba kuni Tolibon boʻlinmalari mamlakat poytaxti Kobulga yaqinlashdi va shaharni oʻrab oldi. Maʼlum boʻlishicha, toliblar Afgʻonistonning hozirgi rahbariyati bilan hokimiyatni oʻtkazish boʻyicha muzokaralarni boshlagan.

RIA Novosti xabariga koʻra, Ashraf Gʻani Kobuldan Tojikistonga joʻnab ketdi, u yerdan uchinchi davlatga ketadi.

Latest from Blog