Foto: Photolure

Armanistonda siyosiy vaziyat keskinlashdi. Harbiylar Nikol Pashinyanning iste’fosini talab qilmoqda

/

Armaniston bosh shtabi 25-fevral sanasida bosh vazir Nikola Pashinyandan iste’foga chiqishni talab qildi.

Bu shtab rahbarining birinchi o‘rinbosari Tiran Xachatryanning ishdan olinishiga javob harakati bo‘ldi. Xachatryan Rossiyaning ‘Iskander’ raketa komplekslari samarasizligi haqida bildirgan tanqidiy fikrlaridan keyin Pashinyanning taklifiga ko‘ra lavozimidan ozod qilindi.

Bosh shtab Xachatryanning chetlatilishi uzoqni o‘ylamay, asoslangan sabablarni keltirmasdan qilingani, qaror hissiyotga berilgan holda, shoshmashosharlik bilan chiqarilganini qayd etgan. Pashinyan va uning hukumati xolis yechim topmagani shtab bayonotida ta’kidlab o‘tilgan. Hujjatga 40 nafar yuqori lavozimdagi harbiy, xususan, idora rahbari Onik Gasparyan imzo chekkan. Meduza raketa komplekslari tufayli yuzaga kelgan siyosiy inqiroz haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi.

Latest from Blog