Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi harbiy mojaro keskinlashdi

Armaniston Vazirlar Mahkamasi mamlakatda harbiy holat, umumiy safarbarlik eʼlon qildi deb yozmoqda TASS.

Bugun Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Ozarbayjon qurolli kuchlari Togʻli Qorabog ʼyoʻnalishi boʻyicha hujum boshlanganini maʼlum qildi. Armaniston Tashqi ishlar vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Ozarbayjon armiyasi aholi punktlarini, shu jumladan respublika poytaxti Stepanakertni bombardimon qilmoqda.

TASS

Oʻz navbatida, Ozarbayjon mudofaa vazirligi Ozarbayjon armiyasi arman tarafining aloqa liniyasidagi harakatlariga javoban choralar koʻrayotganini va vaziyat nazorat ostidaligini aytdi.

Armaniston Vazirlar Mahkamasi mojaroning kuchaygani bois harbiy holatni joriy qildi. Mamlakatda umumiy safarbarlik eʼlon qilindi. Shuningdek, tan olinmagan Togʻli Qorabogʻ respublikasi hokimiyati tomonidan harbiy holat joriy etildi.

Armaniston tashqi ishlar vaziri Zohrab Mnatsakanyan Togʻli Qorabogʻdagi vaziyatning keskinlashuvi munosabati bilan Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan doimiy aloqada boʻlib turibdi, dedi respublika tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Anna Naghdalyan.

“Bizning butun diplomatik xizmatimiz favqulodda rejimda ishlaydi. Barcha xalqaro sheriklarimiz vaziyat toʻgʻrisida va bizning pozitsiyamiz haqida bilishadi”, dedi u.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog