/

Armaniston Bosh vaziri harbiy toʻntarishga urinish haqida eʼlon qildi

Armanistonda harbiy toʻntarishga urinish yuz berdi, dedi Bosh vazir Nikol Pashinyan. “Qurolli Kuchlar Bosh shtabining bayonoti harbiy toʻntarishga urinish sifatida baholanmoqda. Barcha tarafdorlarimizni zudlik bilan Respublika maydoniga taklif qilaman”, — deb yozdi u 25-fevral, payshanba kuni Facebook-da.

Bundan tashqari, Pashinyan Armaniston Qurolli Kuchlari Bosh shtabi boshligʻi Onik Gasparyanni isteʼfoga chiqarishni talab qilgan 40 ta yuqori lavozimli ofitser bilan birga ishdan boʻshatdi. “Mudofaa vaziri allaqachon Bosh shtab boshligʻi va uning oʻrinbosarlarini tayinlash toʻgʻrisida tegishli qarorni tayyorlamoqda”, dedi u.

Armaniston bosh vaziri shuningdek, harbiylarni chegaralarni himoya qilish vazifalarini bajarishda davom ettirishga va hushyorlikni yoʻqotmaslikka chaqirdi. “Hamma narsa nazorat ostida. Qurolli Kuchlar siyosat bilan shugʻullanishi va siyosiy bayonotlar bilan chiqishiga yoʻl qoʻyilmaydi”, dedi u Facebook-da.

Fikr bildirish

Latest from Blog