Arab giperkarsozlari miniven ishlab chiqarmoqchi


Bayrutda asos solingan, ammo Dubayda faoliyat yurituvchi W Motors firmasi Shanxay avtosalonida Iconiq 7 elektrli minivenini namoyish etadi. Bu haqda Carzone avtoportali xabar qilmqoda.

W Motors qimmatbaho Lykan Hypersport va Fenyr Supersport giperkarlarini ishlab chiqarganligi bilan tanilgan. Ammo bu mashinalarni boy-badavlat xaridorlargina minishi mumkin. Iconiq 7 minivenidan esa taksi, korporativ taksi va aeroportda shattl sifatida foydalanish mumkin.

Iconiq 7 bir yil oldin AQShda kontsept ko‘rinishida namoyish etilgan. Shanxayda esa seriyali ishlab chiqariladigan nusxasi ko‘rsatiladi. Joriy yilning oxiriga qadar minivenni Xitoyda ishlab chiqarish boshlanadi. Demak, birinchi xaridorlar xitoylik bo‘lishi ehtimolga yaqin. Keyinchalik butun dunyoda sotiladi.

Elektrli minivenni tayyorlashda W Motorsning hamkori Magna Steyr kompaniyasining mehnati singgan. Dizayni bilan italyanlarning StudioTorino atelyesi shug‘ullangan.

Avtomobil uzunligi 4900, kengligi 1900, balandligi 1860, g‘ildiraklar bazasi 3000 mm. Besh va yetti o‘rinli bo‘lishi mumkin. Yana bir o‘ziga xos jihati akkumulyatorlarining simsiz zaryadlanishidir.

Minivenning qimmat versiyasi ham chiqariladi. Uning saloni serhasham, gadjetlarga boy bo‘ladi. Minivenni ularning yordamida ofisga aylantirish mumkin. Biroq ta’rifi keltirilgan minivenning texnik tavsifi va narxi aytilgani yo‘q.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog