Arab davlatlari Qatarga nisbatan talablarini “yumshata” boshladi

5-iyun kuni Qatar bilan diplomatik aloqalarni bekor qilgan Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr to‘rtligi rasmiy Doha oldiga qo‘yilgan shartlarning eng asosiylaridan biri bo‘lgan Al Jazeera​ telekanalini yopish talabidan voz kechgan.

Foto: Yahoo

Bu haqda BAAning Federal milliy kengash bo‘yicha vaziri Nura al-Ka’biy Times nashriga bergan intervyusida ma’lum qilgan. Amirlik vazirining aytishicha, ular Al Jazeera​ telekanalini butunlay yopishni emas, balki uning faoliyatini qayta tashkil qilish va butunlay o‘zgartirishni talab qilishmoqda.

Ma’lum qilinishicha, telekanal xodimlari o‘z ish joylarini saqlab qolishlari va Qatar hukumati ularni moliyalashtirishi mumkin. Ammo telekanal “ekstremistlar uchun minbar bo‘lish”dek vazifasidan voz kechishi kerak.

BAA vakilining ma’lum qilishicha, ular yuzaga kelgan vaziyatni diplomatik yo‘l bilan hal qilishni istashmoqda va muzokaralar olib borish uchun aksilqatar to‘rtligi hamisha tayyor. Nura al-Ka’biy keskinlikning yanada kuchayishidan tomonlar manfaatdor emasligini e’tirof etgan.

To‘rt arab davlatlari 22-iyun kuni 13 ta banddan iborat talablar bitilgan ultimatumni Qatar hukumatiga taqdim qilgan edi. Talabnomani qabul qilish uchun 10 kun muhlat berilgan. Qatar hukumati qo‘yilgan shartlarni bajarish imkonsizligini e’tirof etib, unga rad javobini bergan. Qarshi mamlakatlar esa Qatarga qarshi iqtisodiy sanktsiyalar kuchaytirilishini ma’lum qilgan edi.

Ultimatumda Qatar homiylik qiladigan Al Jazeera​ telekanalini yopish talabi ham qo‘yilgan. Telekanal tahririyati ektremizmni targ‘ib qilish va antisemitizmda ayblangan. O‘z navbatida, telekanal rahbariyati o‘ziga qo‘yilgan talablarni rad etgan.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar