Florida shtatining Parklend shahridagi o‘rta maktabda o‘q otish sodir bo‘ldi, natijada kamida 17 kishi halok bo‘ldi va bir nechta kishi jarohatlandi.
Halok bo‘lganlar soni haqida eng so‘nggi ma’lumotlar mahalliy sherifning idorasi tomonidan taqdim etildi. Sherif Skott Izrael “Twitter” da shunday xabar qoldirdi: “17 kishi halok bo‘lganini bilishdan afsusdaman”.
“I’m saddened to say that 17 people lost their lives.”- Sheriff Scott Israel #stonemanshooting
— Broward Sheriff (@browardsheriff) 14 февраля 2018 г.
Hodisa Florida shtati Parklend shahridagi (Brouard okrugi) Stoneman Duglas o‘rta maktabida sodir bo‘lgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum uyushtirgan shaxs maktabda yong‘in signalizatsiyasini harakatga keltirgan, shundan so‘ng vahimada yugurib chiqqan odamlarga qarata avtomatik vintovkadan o‘q uzgani bildirilmoqda.
Qurolli shaxs ko’chada uch kishini o‘ldirgan. Keyin u maktab binosiga kirib, u yerda yana 12 kishini otib tashlagan. Kasalxonada yaralangan ikki kishi halok bo‘lgan.
Sherifning aytishicha, halok bo‘lganlar orasida ham maktab o‘quvchilari ham kattalar bo‘lgan. Katta yoshlilarning ota-onalar yoki maktab o‘qituvchilari ekanligi hali ma’lum emas.
Halok bo‘lganlarning shaxsi hozircha aniqlanmagan. Qurbonlar orasida – mahalliy futbol jamoasi murabbiysi ham borligi ma’lum.
AQSh ommaviy axborot vositalari tajovuzkorning 19 yoshli maktabning sobiq o‘quvchisi Nikolas Kruz ekanini ma’lum qildi. Keyinchalik, uning shaxsi sherifning ofisida tasdiqlandi va Kruz hibsga olindi.
Kasalxonaga jami 17 kishi yetkazilgan, ulardan ikkitasi halok bo‘ldi, uchtasining ahvoli og‘ir.