AQSHning Moskvadagi sobiq elchisi MRB direktori lavozimiga tasdiqlandi

Foto: NBC News

AQSH kongressi Senati Uilyam Byornsni Markaziy razvedka boshqarmasi direktori lavozimiga tasdiqlash haqida qaror qabul qildi. Byorns nomzodi senatorlar tomonidan bir ovozdan maʼqullangan. Mulozimning yaqin orasida qasamyodga keltirilishi kutilmoqda.

Uilyam Byorns avval Barak Obama maʼmuriyatida AQSH Davlat kotibining yordamchisi hamda AQSHning Moskvadagi elchisi lavozimlarida ishlagan. U diplomat sifatida jami 30 yildan koʻproq faoliyat yuritgan.

U Rossiyadagi AQSH elchixonasiga 2005-yildan 2008-yilgacha rahbarlik qilgan. Bundan avval ham – 1990-yillarda u Moskvadagi elchixonada ishlagan.

2015-yilda isteʼfoga chiqqanidan keyin Byorns Xalqaro tinchlik uchun Karnegi jamgʻarmasi nohukumat tashkiloti prezidentiga aylangan.

Rossiya va Yaqin Sharq boʻyicha mutaxassis boʻlib hisoblangan Uilyam Byorns rus tilini yaxshi biladi. Rossiyada yaqinda uning “Koʻrinmas kuch. Amerika diplomatiyasi qanday ishlaydi” kitobi nashrdan chiqqandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog