Foto: ABC News

AQSHning Afg‘onistondagi qo‘shinlarini O‘zbekiston yoki Tojikistonga joylashtirishi mumkinligi haqidagi xabarga munosabat bildirildi

///

AQSH Afgʻonistondan olib chiqilayotgan qoʻshin va harbiy texnikani Markaziy Osiyo, jumladan Oʻzbekiston va Tojikistonga joylashtirilishi imkoniyatlarini koʻrib chiqmoqda, deya xabar bergan edi The Wall Street Journal oʻz manbalariga asoslangan holda. Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi ushbu holatga munosabat bildirdi.

Xabarda aytilishicha, bazalarni joylashtirish uchun variantlar sifatida, shuningdek, arab mamlakatlari va dengizdagi harbiy-dengiz kuchlari kemalari ham koʻrib chiqilmoqda. “Agar Afgʻoniston bilan qoʻshni mamlakatlarga qoʻshin joylashtirish imkonsiz boʻlib chiqsa, u holda ushbu variantlar oʻrganib chiqiladi”.

The Wall Street Journal xabarida aytilishicha, AQSH qoʻshinlarini ushbu mamlakatlarga joylashtirish orqali Afgʻonistonda yuz berayotgan voqealarga tezkor javob qaytarish imkoniyatiga ega boʻladi, chunki ular Afgʻoniston bilan chegaradosh. Ammo Rossiyaning mintaqadagi kuchli ishtiroki, Xitoyning u yerdagi oʻsib borayotgan ishtiroki hamda AQSHning ushbu mamlakatlar bilan keskin munosabatlari u yerga oʻz bazalarini joylashtirish rejalarini murakkablashtirishi mumkin. Shu bilan birga, Oʻzbekiston va Tojikistonga hozircha hech qanday rasmiy soʻrov yuborilmagan. Hozircha bu variant AQSH Mudofaa vazirligi, Davlat departamenti va Oq uy tomonidan koʻrib chiqilmoqda.

Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmatining RIA Novostiga maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston Harbiy doktrinasi mamlakat hududida chet el harbiy bazalari joylashtirilishi masalasini koʻrib chiqmaydi.

Latest from Blog