AQSHning 2 mingdan ortiq askari Iroqdan chiqib ketadi

Amerika Qoʻshma Shtatlari Iroqdagi harbiylar sonini 2,2 mingga qisqartiradi, deb xabar berdi “РИА Новости” sayti “FoxNews” telekanaliga asoslanib.

AQSH Armiya
ria.ru

AQSH Markaziy qoʻmondonligi rahbari general Frank Makkenzining soʻzlariga koʻra, bunday qaror unga Iroqdagi Islomiy davlatga qarshi kurashda iroqlik sheriklarga maslahat va yordam berish hamda uning doimiy magʻlubiyatini taʼminlashga imkon beradi. Ushbu qaror sentabr oyida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp Afgʻonistondagi Amerika qoʻshinlari sonini qisqartirish toʻgʻrisida bayonot bergandi. Ushbu qaror Donald Trampning Iroq va Afgʻonistondagi urushlarni tugatish toʻgʻrisidagi saylovoldi dasturidagi asosiy vaʼdasi bilan bogʻliq. Shuningdek, “Sputnik” radiosi Tramp yana harbiylarni Iroq va Afgʻonistondan olib chiqishga qaror qilgani haqida xabar bergan edi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog