AQShning 16-prezidenti Abraham Linkolnning sochlari kutilganidan ko‘proqqa sotildi

Abraham Linkolnning sochlari va uning 1865-yilda o’ldirilgani haqidagi qonga belangan telegramma kimoshdi savdosida 81 000 AQSh dollar (bizning pulda 833 million 594 ming so’m)dan ko’proq narxga sotildi. Bu haqda Times of India nashri xabar berdi.

Foto: Times of India

Bostonning RR-Auction auksioniga ko’ra, buyumlar o’tgan hafta kimoshdi savdosida sotilgan. Buyumlarni sotib olgan xaridor haqida esa hech qanday ma’lumot yo’q.
Linkolnning taxminan 2 dyum (5 smli) uzunlikdagi sochlari u Vashintondagi Ford teatrida Jon Wilkes Booth tomonidan otilgach jinoiy surishtiruv paytida olib tashlangan.
RR Auction bergan ma’lumotlarga qaraganda, Linkolnning bevasi Meri Tod Linkolnning jiyani Kentukkining pochta tarqatuvchisi Dr Lyman Beecherga hadya qilingan bo’lgan. Sochlar Doktor Toddga Leksington shtatidagi yordamchisi Jorj Kinner tomonidan yuborilgan Urush departamentining rasmiy telegrammasi ichida bo’lgan. Telegramma Vashingtonda 1865-yil 14-aprel kuni soat 23:00 da qabul qilingan. RR Auction kompaniyasi telegrammaning haqiqiyligiga kafolat berdi. Dr Todning o’g’li Jeyms Tod 1945-yilgi xatida sochni kesish o’sha paytdan beri oilamizda an’ana sifatida saqlanib qolgan deb yozgandi. Sochlar oxirgi marta 1999-yilda sotilgan edi.
Auksion uyi sochlar 75 000 AQSh dollariga sotiladi deb umid qilgan, 81 250 dollar umid qilingan narxdan ko’proq.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog