Foto: AP Photo

AQShda uchta spa-salonda uyushtirilgan otishmada 8 kishi halok bo‘ldi

/

Amerikaning Jorjiya shtatida uchta spa-salonda uyushtirilgan otishmalarda yetti kishi halok bo‘ldi, deb yozadi “RBK”. Keyinroq qurbonlar soni sakkiz kishiga yetgani xabar qilindi.

CNN mahalliy politsiyaga tayanib xabar berishicha, birinchi qotillik Cheroki okrugidagi spa-salonda yuz bergan. U yerda noma’lum shaxs salonga kirib, so‘ng o‘t ochgan. Hujum oqibatida uch kishi halok bo‘lgan, yana ikki kishi yaralangan, politsiya ularning spa-salon xodimlari yoki mijozlari bo‘lganiga aniqlik kiritmadi.

Qolgan ikkita hodisa Atlantada, yonma-yon joylashgan Gold Spa va Aroma Therapy spa-salonlarida yuz bergan. Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, birinchi salondagi otishmada uch ayol, ikkinchisida — bir ayol halok bo‘lgan. CNN qayd etishicha, qurbonlarning kelib chiqishi osiyolik bo‘lgan.

Politsiya qotilliklar o‘rtasidagi bog‘liqlik hozircha aniqlanmaganini ma’lum qildi.

Keyinroq Fox5 telekanali Cheroki okrugidagi qotillikda qumonlanuvchi qo‘lga olinganini, u vudstoklik 21 yoshli Robert Aaron Long bo‘lib chiqqanini xabar qildi. U uchala salonga hujumda gumon qilinmoqda.

Latest from Blog