Foto © TASS / AP

AQShda qullik bekor qilingan kun milliy bayram etib belgilandi

/

AQSh prezidenti Jo Bayden qullar ozod qilinishi kuni federal bayram deb tan olinishi haqidagi farmonni imzoladi. Ushbu kun AQShda 19-iyunda nishonlanib kelingan. Yangi bayram National Independence Day – Milliy mustaqillik kuni, deb nom oldi va dam olish kuni, deb eʼlon qilindi.

Bayden Oq uyda farmonni imzolash vaqtida “buyuk davlatlar oʼz tarixidagi ogʼriqli damlarni inkor qilmay, ularni qabul qilishini” taʼkidlab oʼtgan.

AQShda qullarning ozod qilinishi haqidagi hujjatni AQShning 16-prezidenti Avraam Linkoln 1863-yilda qabul qilgan. Biroq janubiy shtatlarning qarshiligi sababli hujjat Fuqarolik urushi yakunlanmaguncha kuchga kirmagan. 1865-yil 19-iyunda janubiy shtatlar konfederatsiyasiga kiruvchi shtatlardan oxirgi boʼlib Texasda qullik tugatilgani eʼlon qilingan. Shu yilning dekabrida AQSh konstitutsiyasiga butun mamlakat boʼylab qullikni bekor qilgan 13-tuzatma kiritilgan.

Latest from Blog