/

AQSHda harbiylar COVID-19 ga qarshi emlanishdan bosh tortmoqda

Foto: Interfax.uz

AQSHda minglab harbiy internet tarmogʻida aylanib yurgan salbiy mishmishlar vajidan koronavirusga qarshi emlanishdan bosh tortyapti yoki bu jarayonni ortga surmoqda. Bu haqda Associated Press xabar qildi.

Qayd etilishicha, armiyaning ayrim boʻlinmalarida askarlarning uchdan birigina emlanishga hozir. Ayni paytda Birlashgan shtabning amaliyotlar boʻyicha direktori oʻrinbosari, Harbiy-havo kuchlari general-mayori Jeff Taliaferro kongressga, dastlabki maʼlumotlarga koʻra, harbiylarning uchdan ikki qismigina vaksina olishga rozi boʻlganini bildirgan.

Associated Press buning “aholi oʻrtasidagi koʻrsatkichdan yuqori” ekanini aytadi. Kaiser Family Foundation jamgʻarmasi tomonidan yaqinda oʻtkazilgan soʻrovga muvofiq, amerikaliklarning 50 foizga yaqinigina emlovdan oʻtishga rozilik bergan.

Askarlarning emlanishdan bosh tortayotgani harbiy qoʻmondonlikda jiddiy xavotir uygʻotmoqda, chunki harbiylar koʻpincha atrofidagilar bilan tigʻiz aloqada boʻlish sharoitida xizmat oʻtaydilar. Bunday sharoitda esa doim ijtimoiy masofani saqlash va muttasil niqob taqib yurish oʻta qiyin.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog