Foto: BBC

AQShda COVID-19 sun’iy kelib chiqqani haqida dalillar topildi

//

SARS-CoV-2 koronavirusi tabiiy paydo bo‘ladigan koronavirusda qayd etilmagan genetik izga ega. Bu haqda Kaliforniya universitetining fizika fanlari professori Richard Myuller va doktor Stiven Kueya ma’lum qildi. Mutaxassislarning maqolasi The Wall Street Journal’da chop etildi.

SARS-CoV-2 laboratoriyada olimlar tomonidan yaratilgani haqida signal virusda genomlarning CGG-CGG kombinatsiyasidagi ketma-ketligi topilgani bilan bog‘liq. Olimlar birikmadan ko‘pincha yuqumlilik va o‘lim keltirish darajasini oshirishda foydalanadi. Tabiatda ushbu birikma juda kam uchraydi.

“Aslida, CoV-2’ni o‘z ichiga olgan koronaviruslarning butun sinfida CGG-CGG birikmasi hech qachon tabiiy ravishda uchramagan. Bu shuni anglatadiki, viruslarning yangi ko‘nikmalar egallashdagi odatiy usuli bu tarzda kechmaydi”, — dedi tadqiqot mualliflari.

Koronavirus sun’iy kelib chiqqani to‘g‘risidagi fikrning yana bir isboti sifatida amerikalik olimlar uning genetik xilma-xilligidagi keskin farqni ko‘rsatdi. U odamda allaqachon adaptatsiyaga uchragan, o‘ta tajovuzkor ko‘rinishda paydo bo‘ldi. Bir necha oy davomida u jiddiy mutatsiyalarga uchramagan edi.

Myuller va Kueya ta’kidlashicha, bu virus uzoq vaqt moslashish davridan o‘tgani va shundan keyingina aholi orasida tarqala boshlaganidan dalolat beradi.

Latest from Blog