AQShda bir motorli samolyot katta yo‘lga qulab tushdi

Internetda bir matorli Piper PA-32 samolyotining Vashington shtatidagi Mekilteo shossesiga qulagan videosi paydo bo‘ldi. Halokatni yo‘ldagi haydovchilardan birining avtomashinasidagi videoregistratori tasvirga olgan, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Videoda havo kemasining yerga pastlab borayotgani va simyog‘och simlarini uzib yuborgani yaqqol tasvirlangan. Pastlagan sayin esa samolyot bakidan yoqilg‘i to‘kilib kuchli olov chiqgan.

ABC News telekanalining xabariga ko‘ra, samolyot dvigateli aeroportdayoq ishlamay qolgan.

Mekilteo politsiyasi xabarida korahodisada hech kim jiddiy zarar ko‘rmagan, biroq bitta mashina butunlay yonib ketgan deyiladi.

 

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog