U.S. Secretary of State Antony Blinken speaks during a news conference at the end of a NATO Foreign Affairs Ministers meeting at NATO headquarters in Brussels, Wednesday, March 24, 2021. (Olivier Hoslet, Pool Photo via AP)

“AQSh va Xitoy o‘rtasidagi harbiy nizodan naf yo‘q” — AQSh davlat kotibi

//

AQSh va  Xitoy o‘rtasida harbiy qarama-qarshilik ikki davlat uchun ham naf keltirmaydi. Bu haqda AQSh davlat kotibi Entoni Blinken CBS telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Harbiy qarama-qarshilik darajasiga kelish yoki shu yo‘nalishda harakat qilish Xitoyning ham, AQShning ham manfaatlariga mutlaqo ziddir”, — dedi Blinken. Shu bilan birga, davlat kotibining fikricha, so‘nggi bir necha yil ichida Pekin “o‘z hududida yanada zolim va chet davlatlarda yanada tajovuzkor” bo‘la boshladi.

“Xitoyning maqsadi dunyoda hukmronlik qilish”, — deya qo‘shimcha qildi Blinken.

Davlat departamenti rahbari Qo‘shma Shtatlarning maqsadi Xitoyni jilovlash emasligini aytdi. Unga ko‘ra, Vashington belgilangan tartibni saqlashga harakat qilmoqda, Xitoy esa bunga qarshi chiqmoqda.

Mart oyining oxirida Blinken AQSh Xitoy bilan munosabatlarni kuch nuqtayi nazaridan o‘rnatish niyatidaligini ma’lum qildi. U mamlakatlar o‘rtasidagi raqobat kuchayib borayotganiga ishora qildi. Shuningdek, agar Qo‘shma Shtatlar va uning ittifoqchilari “Xitoyning qarshiliklariga birgalikda yondashishni kuchaytirsa”, ularga qarshi yaxshiroq kurashish imkoniyati oshishini ta’kidladi.

Xitoy rahbari Si Szinpin ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni “yagona to‘g‘ri tanlov” deb atagan, chunki Vashington va Pekin o‘rtasidagi ziddiyat butun dunyo uchun falokat bo‘ladi. Amerika prezidenti Jo Bayden esa Xitoy AQShning “eng jiddiy raqibi” ekanini aytgan. Aprel oyi oxirida Bayden Kongress oldida nutq so‘zlar ekan, Qo‘shma Shtatlar XXI asrda yetakchilik uchun boshqa davlatlar, jumladan, Xitoy bilan raqobatlashayotganini ta’kidlagan.

Latest from Blog