AQSh tomonidan yo‘llangan aviazarbada IShID jangarilarining kamida 36 tasi yo‘q qilindi

Afg‘onistonning Nangarxar viloyatiga AQSh tomonidan yo‘llangan aviazarbada IShID jangarilarining kamida 36 tasi yo‘q qilindi. Bu haqda Afg‘oniston hukumatiga tayanib Euronews telekanali xabar berdi.

«Bu haqiqiy maqsad yo‘lida ishlatilgan to‘g‘ri qurol. Afg‘oniston xalqiga shuni aytamizki, biz insoniyatning qurbon bo‘lishini oldini olish uchun barcha choralarni ko‘ramiz», – deya bayonot qildi Jon Nikolson Afg‘onistondagi AQSh kuchlari qo‘mondoni.

«Ayni shu hudduda IShIDning bazasi joylashgan. Bomba juda kuchli edi. U portlagan vaqtda hammayoq qimirlab ketdi. Umid qilamanki u 70-80 jangarini yo‘q qildi. Aviazarba berish to‘g‘ri qaror bo‘ldi deb hisoblayman. Aholi bu yerda yo‘q edi», – deydi shu viloyatda yashovchi fuqaro.

Vashingtonning bayonotiga ko‘ra, terorristlar foydalanayotgan Nangarxar viloyatidaga tunnelga zarba berish asosiy maqsad bo‘lgan. Afg‘oniston rasmiylariga ko‘ra, tinch aholi hech qanday zarar ko‘rmagan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Latest from Blog