Foto: “cnews.ru”

AQSH senatorlari Alisher Usmonovga qarshi sanksiya eʼlon qilishga chaqirdi

//

AQSHning Xelsinki komissiyasi rahbari, demokrat senator Ben Kardin, respublikachi senator Rojer Uiker va kongressmen Jo Uilson Jo Bayden maʼmuriyatini hibsdagi rossiyalik muxolifatchi siyosatchi Aleksey Navalniyni qoʻllab-quvvatlashda faolroq boʻlishga chaqirgan bayonotni eʼlon qildi. Ushbu bayonotda Rossiya prezidenti Vladimir Putin doirasidagi ismlari keltirib oʻtilgan yirik ishbilarmonlarga qarshi sanksiyalarni joriy etish koʻzda tutilgan.

Keltirilishicha, bayonotda komissiya rahbarlari Navalniyning sogʻligʻi ogʻirligi, shuningdek, 21-aprel kuni Rossiyada namoyishchilarning hibsga olinishi toʻgʻrisidagi xabarlarga eʼtibor qaratib, bunda Rossiya maxsus xizmatlarini ayblagan.

“Endi u yana Rossiya qamoqxonasida azob chekayotgan ekan, biz Navalniyning Vladimir Putinga eng yaqin odamlarga, jumladan Roman Abramovich, Alisher Usmonov, Igor Shuvalov va Nikolay Tokarev kabi taniqli oligarxlarga nisbatan sanksiya berish toʻgʻrisidagi taklifini koʻrib chiqishimiz kerak”, deyilgan xabarda.

Shuningdek, kongress aʼzosi Uilson bu Vladimir Putinning hokimiyatda qolishga qaratilgan soʻnggi urinishi va pirovardida barbod boʻlishini aytgan.

Avvalroq Alisher Usmonov Oʻzbekistonda qanday sohalarga sarmoya kiritish kerakligini aytgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Alisher Usmonovning kompaniyasi Oʻzbekicton yoqilgʻi-energetika kompleksini raqamlashtirishda qatnashgani maʼlum qilingan.

Latest from Blog