Foto: DW

AQSh Rossiya o‘zining Markaziy Osiyodagi bazalaridan foydalanishni taklif qilganini tasdiqladi

/

Rossiya Afg‘onistondagi vaziyat fonida AQShga yordam sifatida unga terrorizmga qarshi kurashish uchun Markaziy Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanishni taklif qilgan. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Senat tinglovlarida aytib o‘tdi, deb yozadi Politico.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva AQShga Amerika qo‘shinlari Afg‘onistondagi bazalarini tark etgach, terrorchilik tahdidlarga javob qaytarish uchun Osiyodagi Rossiya bazalaridan foydalanishni taklif qilgan. Ostinning aniqlik kiritishicha, yaqinda AQSh shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Mark Milli bu taklifni rossiyalik hamkasbi Valeriy Gerasimov bilan muhokama qilgan.

“General Milli yaqinda rossiyalik hamkasbi bilan gaplashdi. Menimcha, u taklif nima bo‘lganini tushuntirib berishni so‘ragan”, — dedi Pentagon rahbari. Uning aniqlik kiritishicha, bu masala birinchi marta Rossiya prezidenti Vladimir Putin va uning amerikalik hamkasbi Jo Bayden o‘rtasidagi uchrashuvda ko‘tarilgan. Ostin ta’kidlashicha, Putin o‘shanda AQShga ko‘mak berishni taklif qilgan. “Putin yordam ko‘rsatishni taklif qilgandi”, — dedi Pentagon rahbari.

Ostinning ta’kidlashicha, Pentagon Moskvadan hech narsa so‘ramagan va “Rossiyadan hech qanday harakat uchun ruxsat so‘ramaydi”.

Avvalroq The Wall Street Journal AQSh Afg‘onistondagi vaziyatni kuzatish uchun Rossiyadan uning Markaziy Osiyodagi harbiy bazalaridan foydalanishni so‘ragani haqida xabar bergandi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov AQShning bunday so‘rovi haqidagi xabarga izoh bermadi.

“Men bu mavzuga hech qanday izoh bermayman”, — dedi Peskov jurnalistlarga. Uning ta’kidlashicha, WSJ gazetasi Rossiya va AQSh prezidentlarining Jenevadagi muzokaralariga ishora qilmoqda. “Bu muzokaralar haqida aytish mumkin bo‘lgan narsalarning hammasi aytib bo‘lingan”, — dedi Peskov.

Peskov Jenevadagi sammitda Rossiya prezidenti Vladimir Putin amerikalik hamkasbi Jo Baydenga ushbu mintaqadagi harbiy bazalardan foydalanishni taklif qilganmi, degan savolga ham javob bermadi. “Izoh bermayman”, — dedi Peskov.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar