AQSh Ramzan Qodirov va uning oilasiga qarshi sanksiyalar qoʻllaydi

AQSh Davlat departamenti Checheniston rahbari Ramzan Qodirovni inson huquqlarini buzish, jumladan qiynoq va suddan tashqari qatllarda ayblangan shaxslarning “qora roʻyxatiga” kiritdi. Bu haqda Davlat kotibi Maykl Pompeo maʼlum qildi.

Ushbu roʻyxatdagilarga AQShga kirish taqiqlangan. Pompeoning aniqlik kiritishicha, roʻyxatga Qodirovning rafiqasi va uning qizi ham kiritilgan.

Qodirov, Pompeoning AQShdagi “qora roʻyxat” ga kiritilganligi haqidagi bayonotiga javoban, “jangni qabul qilmoqda” va “bundan keyin yana-da qiziqroq boʻladi” dedi. Bu haqda u oʻzining Telegram kanalida yozdi. U oʻqotar qurol bilan tushgan fotosuratini joylashtirdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog