//

AQSH Qoshiqchining oʻldirilishi boʻyicha maxsus xizmatlarning hisobotini sirdan chiqarishga tayyor

AQSh Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasiga jurnalist Jamol Qoshiqchining oʻldirilishida toʻgʻridan-toʻgʻri ayblovlarni oʻz ichiga olishi kutilayotgan razvedkaning maxfiy hisobotini eʼlon qilmoqchi.

Rasmiylar tomonidan taʼqib qilinishi tufayli Saudiya Arabistonidan qochib ketgan Jamol Qoshiqchi 2018-yil oktyabr oyida Saudiyaning Istanbuldagi konsulligida yangi hujjatlar uchun kelganda vahshiylarcha oʻldirilgan.

Dastlab, Saudiya tomoni jurnalist konsullik binosini sogʻ-salomat tark etganini daʼvo qildi, soʻng uning oʻlimi haqida turli xil taxminlarni ilgari surdi, keyin uni oʻldirganini tan oldi. Voqeadan bir necha hafta oʻtgach, mamlakat prokuraturasi qotillik qasddan qilinganligini eʼlon qildi.

Avvalroq, Saudiya Arabistonining Istanbuldagi bosh konsulxonasida 2018-yil oktyabrda o‘ldirilgan jurnalist Jamol Qoshiqchining qallig‘i Xadija Chingiz Vashingtonda joylashgan notijorat tashkiloti bilan birgalikda Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonni sudga berdi.

Bloomberg axborot agentligining advokatga tayanib xabar berishicha, Chingiz Saudiya valiahd shahzodasini Qoshiqchining o‘ldirilishiga aloqadorlikda ayblamoqda.

Ma’lum qilinishicha, AQShdagi federal sudga Qoshiqchining qallig‘i va marhum jurnalist tomonidan tashkil etilgan Democracy for the Arab World Now (Arab olami uchun hozirdayoq tinchlik) deb nomlangan tashkilot arz qilgan. Ta’kidlanishicha, 7 ta ayblov bandidan iborat arznomada podshohlikning yana 28 fuqarosi tilga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog