AQSh Mudofaa vazirligi bemorlarni tashuvchi dron ustida ishlamoqda


AQSh Mudofaa vazirligi urush vaqtida yarador odamni xavfsiz joyga eltib qo‘yish imkoniga ega bo‘lgan dron ustida ishlamoqda. Bu haqda hi-news.ru xabar qildi.

DP14 droni – yuk tashovchi vertolyot shakliga o‘xshash bo‘lib, uning maxsus kamerasida 200 kilogramgacha yukni soatiga 130 km tezlikda manzilga eltish mumkin.

Uchuvchisiz dronning uzunligi deyarli 2 metr, eniga yarim metr. Dron havoda ikki soat davomida uchib yurishi mumkin.

Dron istalgan joyda qo‘nish imkoniga ega. Unga maxsus vertolyot maydonchasi shart emas.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog