AQSH Markaziy Osiyo mehnat muhojirlari himoyasi uchun 2 mln dollar ajratadi

AQSH hukumati Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) orqali COVID-19 pandemiyasi davrida Markaziy Osiyoda muhojirlarni himoya qilish uchun 2 million dollar ajratadi, deya xabar qildi Amerikaning Toshkentdagi elchixonasi matbuot xizmati.

Qozog'istonda o'zbekistonlik mehnat muhojirlari huquqlari himoya ...
Foto: Kapital.kz

“COVID-19 pandemiyasi Markaziy Osiyodagi millionlab muhojirlarning gumanitar va moliyaviy inqiroziga olib keldi, ularning aksariyati Markaziy Osiyo bo‘ylab tranzit va o‘tish joylarida qiyinchiliklarga duch kelmoqda”, — deyiladi xabarda.

Ish va chetdan yuborilayotgan pul mablag‘larini yo‘qotish oilalarni tegishli resurslarsiz hamda huquqiy himoyasiz qoldirdi. Migrantlar, shuningdek, o‘zlarini virusdan qanday himoya qilish to‘g‘risida ma’lumot va resusrlarga ega emaslar, deya qayd etdi AQSH elchixonasi.

USAID “Markaziy Osiyoda xavfsiz migratsiya” loyihasi doirasida juda zarur bo‘lgan yordamni taqdim etadi, shu jumladan axborot manbalari bilan ta’minlaydi, asosiy xizmatlarga yo‘llanmalar beradi, muqobil turmush tarzini qo‘llab-quvvatlaydi, muhojirlarga ushbu qiyin vaziyatni yengishda yordam berish uchun ko‘nikmalar va treninglar o‘tkazadi. Loyiha, shuningdek, yuridik va psixologik yordam ko‘rsatish orqali muhojirlarning huquqlarini himoya qiladi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog