/

AQSh Jo Baydenning buyrug‘i bilan Suriyada aviahujum uyushtirdi

Foto: Times.kz

AQSh Suriyada Damashqni qo‘llab-quvvatlovchi eronparast ko‘ngillilar qo‘shini bilan bog‘liq binoga aviazarba berdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi vakiliga tayanib, Politico nashri xabar berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, raketa zarbasi berish haqida prezident Jo Bayden buyruq bergan.

Nashr hamsuhbatining ta’kidlashicha, zarba mudofaa xususiyatiga ega bo‘lgan va fevral oyida ko‘ngillilar qo‘shini tomonidan Amerika harbiylariga uyushtirilgan uchta hujumga javob bo‘lgan.

Harbiy operatsiya kelajakda AQSh kontingentiga beriladigan zarbalar oldini olishga qaratilgan bo‘lib, Vashingtonning harbiy koalitsiya bo‘yicha sheriklari ishtirokisiz o‘tkazilgan.

Bloomberg Pentagon vakili Jon Kirbiga tayanib yozishicha, amerikaliklar zarba berishda Suriya sharqida joylashgan chegara nazorat punktidagi obyektlarni nishon qilib olgan. Ulardan bir paytning o‘zida bir nechta jangarilar guruhi foydalangan.

“Hujum prezident Bayden Amerika kontingentini va koalitsiya bo‘yicha sheriklarimizni himoya qilish uchun chora ko‘rishi haqida aniq signal beradi”, — dedi Kirbi.

Fevralda jangarilar AQSh harbiy xizmatchilari tomonidan foydalaniladigan obyektlarga bir necha marta zarba bergan edi. Erbil xalqaro aeroporti yaqinidagi obyektlar o‘qqa tutilgan, oqibatda besh nafar amerikalik jabrlangan edi. 20-fevral kuni Amerika qiruvchi samolyotlariga xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar joylashgan Balad aviabazasiga to‘rtta raketa kelib tushgan edi. 22-fevral kuni esa yana ikkita raketa AQShning Bag‘doddagi elchixonasiga kelib tushgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog