AQSh hukumati «Gazprom»ning 3 mlrd. rubl aksiyasini o’g’irlagan investorning vizasini bekor qildi

«Hermitage Capital» asoschisi Uilyam Brauderning aytishicha, AQSh hukumati uning vizasini bekor qilgan. Bu haqda Gazeta.ru xabar bermoqda.

Foto: Gazeta.ru

Shuningdek, investorga Rossiyada ham hukm o‘qilib, Interpol ro‘yxatiga kiritilgan.

«Ha, bu aynan ruslar Interpolga mening hibsga olinishim uchun 5-arizasi bilan chiqgan vaqtda sodir bo‘ldi» – deb yozdi Brauder o‘zining Twitter mikroblogida.

Ilgari xabar berilganidek, Rossiya mustaqil ravishda Uilyam Brauderni Interpol ma’lumotlar bazasida joylashtirgan.

Uilyam Brauder 2009-yilda «Matrosskaya Tishina» koloniyasida vafot etgan auditor Sergey Magnitskiyning ish beruvchisi bo‘lgan. 1995-yildan 2007-yilgacha Brauder Rossiyada eng yirik xorijiy investor hisoblangan. Rossiya Brauderni «Gazprom»ning 3 milliard rubl miqdoridagi aktsiyalarini o‘g‘irlaganlikda ayblab xalqaro qidiruvga bergan.

Latest from Blog