Foto: AQSh Davlat Departamenti

AQSh hukumati Belarussiyaning 44 ta jismoniy va yuridik shaxslarga sanskiya qo’ydi

/

AQSh hukumati Belarusda Aleksandr Lukashenko va uning rejimi fuqarolarni mamlakat ichkarisida va tashqarisida davom etayotgan shafqatsiz qatagʻonlari uchun Belorussiyada 44 ta jismoniy va yuridik shaxslarga qarshi qatʼiy choralar koʻrdi. Bu haqda AQSh Davlat Departamenti matbuot xizmati xabar qildi.

Bu sanksiyalar qatagʻonlarning kuchayishi va Belorussiyada inson huquqlari bilan bogʻliq vaziyatning keskin yomonlashuvi sharoitida chora koʻrishga boʻlgan qatʼiyligimizni koʻrsatadigan qator harakatlarning navbatdagi qadamidir, deyiladi Davlat departamenti xabarida.

Davlat Departamenti AQShning bu harakatlari bilan bir qatorda Britaniya va Kanada tomonidan rejimga qarshi qilingan qadamlarni, shuningdek, Yevropa Ittifoqi tomonidan 24-iyunda eʼlon qilingan qadamlarni olqishlashini ma’lum qilgan.

Latest from Blog