Foto: Interfax.uz

AQSH Global media boʻyicha agentligi 10-13-mart kunlari Oʻzbekiston OAV vakillari uchun trening oʻtkazadi

AQSHning Global media boʻyicha agentligi (USAGM) 10-13-mart kunlari Toshkent shahrida respublika ommaviy axborot vositalari vakillari uchun trening oʻtkazadi, deb xabar bermoqda “Dunyo AA“.

Seminarda 30 ga yaqin mahalliy jurnalist ishtirok etishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, mazkur toʻrt kunlik seminar AQSH hukumati tomonidan Oʻzbekistonda oʻtkazish rejalashtirilgan toʻrtta treningning birinchisi boʻlib, ular 2021-yil oxirigacha tashkil etiladi.

Amerika tomoni maʼlum qilishicha, tadbir doirasida asosiy eʼtibor mahalliy yangiliklarni yoritish, iqtisodiyot, biznes va moliya sohalarida yuqori sifatli axborot-tahliliy materiallar tayyorlash boʻyicha mutaxassislar malakasini oshirishga qaratiladi. Shuningdek, mashgʻulotlarda AQSH va Oʻzbekistondagi yetakchi maʼruzachilarning ishtiroki kutilmoqda.

Jumladan, treninglar “Vistra Communications” MCHJ dastur menejeri Ken Xolder, “Internyus”ning katta media-maslahatchisi Oleg Xomenok, “Amerika ovozi”ning Oʻzbekistondagi muxbiri Navbahor Imomova hamda milliy maʼruzachi Beruniy Alimov tomonidan olib boriladi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar