Foto: The Brussels Media Hub Team

AQSh dunyo mamlakatlarining ehtiyojiga qarab global miqyosda 80 million doza vaksina tarqatadi

/

Amerika Qoʻshma Shtatlari bir milliard dollardan ortiq mablagʻ ajratib, 60 million dozali AstraZenecaga qoʻshimcha ravishda oʻz zaxirasidan 20 million doza vaksinani boshqa mamlakatlarga yuboradi, dedi prezident Jo Baydenning global pandemiyaga qarshi kurash boʻyicha vakili chorshanba kuni.

AQSh Davlat departamentining COVID-19ga qarshi kurash va sogʻliqni saqlash xavfsizligi boʻyicha koordinatori Geyl Smitning aytishicha, AQSh maʼmuriyatining saʼy-harakatlari uchta sohadagi boʻshliqlarni qoplashga qaratilgan — dozani taqsimlash, vaksinalarni yetkazib berish hajmini oshirish va COVAXni moliyalashtirish. Bayden dushanba kuni eʼlon qilganidek, iyun oyining oxiriga qadar AQSh Pfizer, Moderna va Johnson & Johnson vaksinalarining ortiqcha zaxiralaridan 20 million dozani boshqa mamlakatlar bilan boʻlishadi.

Shu bilan birga, Smit AQSh vaksinalar qayerga eng zarurligini va ularni qanday qilib teng ravishda taqsimlanishini aniqlash uchun global COVAX muassasasi bilan yaqindan hamkorlik qilayotganini taʼkidladi.

“Biz vaksinalarni ajratishning katta qismini COVAX oʻz ichiga oladi deb oʻylaymiz, ammo biz yakuniy qarorlarni hali qabul qilmadik”, — deydi USAIDning sobiq direktori Smit jurnalistlarga. “Biz ushbu harakatga rahbarlik qilib, ittifoqchilar bilan yaqindan ishlashni maqsad qilganmiz. Agar vaksinalarni tarqatish miqyosni kengaytiradigan boʻlsak, biz uchun sheriklar bilan ishlash juda muhimdir. Biz G7 davlatlari, Yevropa Ittifoqi va boshqalar bilan yaqin aloqadamiz”.

AQSh hukumati ayni paytda jarayonni boshlash va global qamrovni aniqlab olish uchun vaksina yetkazib beruvchi eng yirik platforma boʻlgan COVAX va sherik davlatlar bilan maslahatlashmoqda. Ushbu davr ichida vaksinalarni qoʻlga kiritish, tarqatilish miqyosini aniqlash va 60 million dozali AstraZeneca vaksinasining xavfsizligini FDA (Oziq-ovqat va dori-darmonlarni boshqarish federal agentligi) tomonidan tasdiqlash kerak boʻladi.

Geyl Smit ayni paytda bir mamlakat uchun qancha mablagʻ ajratilishini ayta olmasligini, lekin bu haqda tez orada maʼlum qilinishini aytdi. U shuningdek, AQSh Hindistonga va Hindistonning qoʻshnilariga u yerda infeksiyaning keskin yuqishini hisobga olgan holda favqulodda gumanitar yordamni amalga oshirayotganini eslatib oʻtdi. Koordinator aynan qaysi davlatlar AQShdan yordam soʻragani haqidagi savolga dunyoning har bir mintaqasi vaksinalarga talab va ehtiyoj bor, deya javob qaytardi.

AQSh rejadagi birinchi 80 million dozani taqsimlaganidan soʻng, qoʻshimcha dozalarni yetkazish, taʼminot zanjiridagi muammolarni hal qilish va dunyoning turli qismlarida vaksina ishlab chiqarish quvvatiga sarmoya kiritish haqida oʻylab koʻradi. Smitning taʼkidlashicha, Qoʻshma Shtatlar, shuningdek, soʻnggi oylarda COVAX xayriya qilganligini aytgan 2 milliard dollardan tashqari, tashkilot uchun mablagʻni oshirishni rejalashtirmoqda.

AQSH AstraZeneca vaksinasining 60 million dozasini joʻnatishni allaqachon rejalashtirgan, lekin vaksina AQSH regulyatorlari tomonidan tasdiqlanmagan.

Dushanba kuni ertalabgacha yangilangan federal maʼlumotlarga koʻra, Qoʻshma Shtatlarda 272 milliondan ortiq dozada COVID-19 vaksinalari qoʻllanildi. AQSH aholisining (kattalar) qariyb 60 foizi kamida bitta vaksinani qabul qilishdi, bu Braziliya va Hindiston kabi koʻplab mamlakatlarga qaraganda ancha koʻp. Ayni vaqtda qoʻshimcha dozalarga ham ehtiyoj juda yuqori.

Latest from Blog