Foto: Sky News

AQSh diplomatik missiyasining 4 mingga yaqin xodimi Afgʻonistonda qolmoqda

/

Shu kungacha AQShning Kobuldagi elchixonasining 500 ga yaqin xodimi Afgʻonistonni tark etgan, AQSh diplomatik missiyasining 4 mingga yaqin amerikalik va afgʻon xodimi u yerda qolmoqda, deb xabar beradi CNN harbiy manbalarga tayanib.

Hozir Afgʻonistonda qolayotganlar orasida AQSh fuqarolari va elchixonada ishlaydigan afgʻon fuqarolari bor. Ammo bu raqamga elchixonada ishlagan afgʻonlarning oila aʼzolari kirmaydi. AQSh butun afgʻon oilalarini evakuatsiya qiladimi yoki yoʻqmi nomaʼlum.

Evakuatsiya qilishda AQSh harbiy transport aviatsiyasining kamida 78 ta samolyoti evakuatsiya qilingan, deyladi Gʻarb aviatsiya resurslari maʼlumotlariga tayanilib.

Amaliyotda 10 ta Britaniya va 4 ta Kanada harbiy transport samolyoti ham ishtirok etadi. Dushanba kuni evakuatsiya qilish uchun Germaniya va Ispaniya samolyotlari kelishi kutilmoqda.

BBC News xabariga koʻra, AQShning Afgʻonistondagi elchisi allaqachon Kobulni tark etgan. Gʻarb aviatsiya resurslari maʼlumotlariga koʻra, Hamid Karzay aeroportidan AQSh Davlat departamentining maxsus samolyoti uchib ketdi. Britaniyaning 4-telekanalining xabar berishicha, Britaniya elchisi hali ham aeroportda.

Guvohlar tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan video lavhalardan koʻrinib turibdiki, xalqaro aeroportning oʻzida tartibsizlik hukm surmoqda. Bino va aerodrom uchayotgan samolyotlarga oʻtirmoqchi boʻlgan olomon bilan toʻlgan.

Aeroport atrofini amerikalik qoʻshinlar qattiq himoya qilmoqda. U yerda taxminan 3000 AQSh va 600 ingliz askari bor.

Avvalroq Afgʻonistondagi Amerika elchixonasi xodimlarining yarmidan koʻpi Kobuldagi diplomatik missiya binosini tark etgani haqida xabar berilgan edi. Ular orasida AQShning Afgʻonistondagi muvaqqat ishlar vakili Ross Uilson ham bor. U hozir Afgʻoniston zaminidagi eng yuqori martabali Amerika diplomatidir.

CNN telekanalining xabar berishicha, AQSh elchixonasi xodimlari AQSh bayrogʻini oʻzlari bilan birga elchixonadan aeroportga olib ketishgan.

Yakshanba kuni Kobul xalqaro aeroporti tijorat reyslarini qabul qilishni toʻxtatdi. Shuningdek, baʼzi aviakompaniyalar oʻz yoʻnalishlarini oʻzgartirishga va Afgʻoniston havo hududida parvozlarni toʻxtatishga qaror qilgani maʼlum boʻldi.

Latest from Blog