AQSh Davlat kotibi oʻrinbosari Sherman Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Komilov bilan uchrashdi

AQSh Davlat kotibining oʻrinbosari Uendi Sherman Toshkentda Oʻzbekiston Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov hamda milliy xavfsizlik boʻyicha maslahatchi Viktor Mahmudov, Adliya vaziri Ruslanbek Davlatov va Oʻzbekiston Prezidentining Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Ismatulla Ergashevdan iborat idoralararo delegatsiya bilan uchrashdi.

Davlat kotibi oʻrinbosari Tashqi ishlar vaziri Komilov va oʻzbek xalqini Oʻzbekiston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan muborakbod etdi va Oʻzbekistonning Afgʻoniston masalasidagi konstruktiv ishtiroki uchun minnatdorlik bildirdi. Kotib oʻrinbosari va vazir Komilov vaksinalar tarqatish orqali COVID-19ga qarshi kurash boʻyicha birgalikdagi saʼy-harakatlarni muhokama qilishdi.

Davlat kotibi oʻrinbosari AQSh-Oʻzbekiston strategik sherikligining ahamiyatini yana bir bor tasdiqladi hamda C5+1 formatida Oʻzbekistonning mintaqaviy va transmilliy masalalar boʻyicha yetakchiligini, shu jumladan uning 2030-yilgacha issiqxona gazlarini tashqariga chiqarishni kamaytirish boʻyicha ulkan maqsadlarni belgilash majburiyatini olqishladi.

Kotib oʻrinbosari Sherman, Oʻzbekiston oʻz islohotlar dasturini amalga oshirar ekan, demokratik islohotlarni davom ettirish va inson huquqlariga hurmatni yanada oshirish muhimligini taʼkidladi. Davlat kotibi oʻrinbosari Sherman Tashqi ishlar vaziri Komilovga va idoralararo delegatsiyaga Oʻzbekistonning davomiy hamkorligi uchun minnatdorlik izhor etdi.

Latest from Blog