AQSH Belorusni muxolifatchilarni ozod qilishga chaqirdi

Oq uy matbuot kotibi Keyli Makinani jurnalistlarga bergan intervyusida Amerika Qoʻshma Shtatlari Belorusdagi saylovlardan soʻng inson huquqlari buzilishining davom etishidan xavotirda va mamlakat rasmiylarini barcha hibsga olinganlarni ozod qilishga chaqirayotganini aytib oʻtdi. Bu haqda “Sputnik” radiosi xabar qildi.

AQSH Belorusni
ria.ru

“AQSH Belorusdagi saylovlardan soʻng inson huquqlari buzilishining davom etayotganidan juda xavotirda. Muxolifat vakillarini oʻgʻirlash, majburan davlat hududidan chiqarib yuborish va boshqa tahdidlar haqidagi xabarlar davlatning soʻz erkinligini inkor etayotganining yorqin isbotidir. Biz hokimiyatni hammani ozod qilishga chaqiramiz,” deya Makinaning soʻzlarini keltirgan “РИА Новости” sayti.

Yevropa Kengashi rahbari Charlz Mishel esa amaldagi Belorus hokimiyatiga cheklovlar kiritish jarayonini tezlashtirishga chaqirdi.

“Mamlakatdagi taʼqiblar, shu jumladan, siyosiy hibsga olishlar va majburiy surgunlar tugatilishi kerak. Hukumat siyosiy mahbuslarni ozod qilishi va fuqarolarga soʻz va yigʻilishlar erkinligidan foydalanishlariga imkon berishi kerak. Men sanksiyalar jarayonini tezlashtirishga chaqiraman,” deb yozdi Mishel Twitter sahifasida.

“Sputnik” radiosi seshanba kuni ertalab Belorus oppozitsiyasining Muvofiqlashtiruvchi kengashi Prezidiumining asosiy vakillaridan biri Mariya Kolesnikovaning Ukraina bilan chegarada hibsga olingani haqida xabar berdi.

Respublikaning Davlat chegara qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, oppozitsiya kengashi vakillari Anton Rodnenkov va Ivan Kravtsov Kolesnikova bilan birga chegarani kesib oʻtishga uringanlar va ular Belorus hududidan chiqib ketishga muvaffaq boʻlishgan.

Maʼlumotlarga koʻra, muxolifatchilarni xavfsizlik kuchlari respublikani tark etishga majbur qilishgan va chegaraga olib kelishgan. Kolesnikova esa Belorusdan ketishni rad etib, pasportini chegarada yirtib tashlagan va u yerni tark etishga muvaffaq boʻlgan, ammo hibsga olingan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog