Helicopters carrying U.S. Army soldiers from the 1-320 Field Artillery Regiment, 101st Airborne Division, take off from Combat Outpost Terra Nova as the soldiers head home following a 10-month deployment in the Arghandab Valley north of Kandahar April 23, 2011. REUTERS/Bob Strong (AFGHANISTAN - Tags: MILITARY POLITICS IMAGES OF THE DAY)

AQSh Afg‘onistondan o‘z qo‘shinlarini 11-sentabrgacha olib chiqadi

/

AQSh Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqish muddatini qayta ko‘rib chiqdi, deb xabar berdi prezident ma’muriyatining vakili. Uning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik harbiylar mintaqani 11-sentabrgacha tark etadi. 2020-yilning oxiriga kelib Afg‘onistonda Amerikaning 8,6 ming harbiy xizmatchisi qolgan edi.

“Qolgan qo‘shinlarni tartibli ravishda 1-mayga qadar olib chiqishni boshlaymiz va 11-sentabr, Amerika qo‘shinlari Afg’onistonga kirganining 20 yilligi sanasiga qadar barcha harbiylarni mamlakatdan olib chiqishni rejalashtiryapmiz”, — dedi prezident ma’muriyatining vakili jurnalistlarga.

Uning qo‘shimcha qilishicha, qo‘shinlar hududdan olib chiqilayotganda hujumga uchragan taqdirda, AQSh harbiylari “kuchli javob” qaytaradi. “Biz (mintaqada) terrorizm xavfini kuzatishni to‘xtatmaymiz… Afg‘oniston terrorchilarning AQShga qarshi hujumlarini tayyorlashi mumkin bo‘lgan bazasiga aylanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun tinimsiz ishlashda davom etamiz”, — deb ta’kidladi u.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning fevral oyida AQSh va “Tolibon” o‘rtasida tinchlik shartnomasi imzolangan edi. Shartnoma AQSh harbiylarini 2021-yilning 1-mayiga qadar Afg‘onistondan bosqichma-bosqich olib chiqish, mahbuslarni ozod qilish va yangi hukumat tuzishni ko‘zda tutgan.

Oq uyning yangi ma’muriyati esa harbiylarni olib chiqish muddatini qayta ko‘rib chiqish rejasini e’lon qildi.

Latest from Blog