Helicopters carrying U.S. Army soldiers from the 1-320 Field Artillery Regiment, 101st Airborne Division, take off from Combat Outpost Terra Nova as the soldiers head home following a 10-month deployment in the Arghandab Valley north of Kandahar April 23, 2011. REUTERS/Bob Strong (AFGHANISTAN - Tags: MILITARY POLITICS IMAGES OF THE DAY)

AQSH Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish sanasini maʼlum qildi

//

AQSH Afgʻonistondan oʻz qoʻshinlarini 1-mayga qadar toʻliq olib chiqib ketish masalasini koʻrib chiqmoqda, deb xabar qildi Tolo News telekanali AQSH davlat kotibi Entoni Blinkenning prezident Ashraf Gʻaniga yozgan maktubiga asoslanib.

“Vashingtonda siyosiy jarayon davom etayotganligi sababli, AQSH biron bir variantni rad etmaydi. Biz 1-mayga qadar qoʻshinlarimizni toʻliq olib chiqib ketish masalasini koʻrib chiqmoqdamiz”, — deyilgan hujjatda.

Maktubda yozilishicha, AQSH Rossiya, Xitoy, Pokiston, Hindiston tashqi ishlar vazirlari va vakillarini Afgʻonistonda tinchlikni saqlashga qaratilgan yagona yondashuvni muhokama qilish uchun yigʻilish oʻtkazish yuzasidan BMTga murojaat qilmoqchi.

Bundan tashqari, Vashington “Turkiya hukumatidan tinchlik bitimini yakunlash uchun yaqin haftalarda ikki tomonning yuqori darajadagi uchrashuvini tashkil qilishni” rejalashtirmoqda.

Avvalroq Pentagon AQSH prezidenti Jo Baydenning administratsiyasi Afgʻonistondan qoʻshinlarni olib chiqish rejasini qoʻllab-quvvatlashini aytgandi. Vashington “Tolibon” harakati (Rossiyada taqiqlangan) amaldagi kelishuv shartlarini bajargan taqdirda, may oyigacha mamlakatni tark etishga tayyor. Jangarilar bitim shartlarini bajarganligini taʼkidlamoqda.

2020-yilda Qatarda AQSH va “Tolibon” Afgʻonistondan olib chiqib ketish, mahbuslar almashinuvi keyin afgʻonistonlararo muloqotni boshlashni nazarda tutadigan birinchi tinchlik bitimini imzoladilar.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar