AQSH Afgʻonistondagi beshta harbiy bazasini yopdi

Vashington va “Tolibon” harakati oʻrtasida tuzilgan tinchlik bitimiga muvofiq AQSHning Afgʻonistondagi beshta harbiy bazasi yopildi. TOLOnews xabarida aytilishicha, bu bazalar Hilmand, Uruzgon, Paktika va Lagʻmon viloyatlarida joylashgan edi.

Foto: xs.uz

Joriy yilning 29-fevralida Qatar poytaxti Doxada AQSH va “Tolibon” oʻrtasida tinchlik bitimi imzolandi. Unda Afgʻoniston turmalaridagi 5 ming tolibni ozodlikka chiqarish va xorij qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqish koʻzda tutilgan.

AQSHning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Vashington bitimning birinchi bosqichini bajarganini – askarlari sonini kamaytirganini va beshta harbiy bazani tark etganini maʼlum qildi.

Afgʻonistondagi amerikalik harbiylar soni 8600 nafarga tushirilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog