Apple iPhone’ni himoya qilish uchun g‘ayrioddiy yo‘l o‘ylab topdi


Apple yangi kashfiyotlarni faol patentlashda davom etmoqda. O‘tgan haftada kompaniya iPhone smartfonlarini zarb bilan qattiq yerga tushushidan himoyalaydigan g‘ayrioddiy texnologiya uchun patent oldi. Ushbu texnologiya orqali Apple smartfonlari ekranlarini himoyalamoqchi, deb yozadi InternetUA.

AQSh savdo belgilarini hamda patentlarni ro‘yxatga olish byurosi Apple uchun 9612622 sonli patentni topshirdi. «Elektron qurilmaning faol himoyasi» nomli hujjatda gadjetlar behosdan qattiq yerga tushib ketgan holdagi himoyalash tizimining vazifasi keltirilgan.

Unga ko‘ra, qurilma kelajakda zarb bilan urilishidan himoyalovchi maxsus amortizator bilan jihozlanishi mumkin. Taxminlarga ko‘ra, qurilma har qanday holatda ham chekkasi bilan yerga tushadi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar