Foto: Facebook / Javohir Qudratov

AOKA bo‘lim boshlig‘i Javohir Qudratov vafot etdi

16-iyul kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining boʻlim boshligʻi Javohir Qudratov 38 yoshida vafot etdi, deya xabar bermoqda agentlik matbuot xizmati. U ushbu vazifada 2019-yildan buyon faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Javohir Qudratov 1983-yil 12-noyabrda Shahrisabz tumanida tugʻilgan. Oʻzbekiston davlat jahon tillari va Oʻzbekiston milliy universitetlarini tamomlagan.

Toshkent xalqaro radiosi, Ommaviy kommunikatsiyalar sohasidagi monitoring markazi, “Qashqadaryo” — “Novosti Kashkadari” gazetalari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Axborot xavfsizligi va jamoat tartibini taʼminlashga koʻmaklashish markazi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda boshqa tashkilotlarda faoliyat olib borgan.

Latest from Blog