Antoniu Guterrish: Orol dengizida ahvol birmuncha murakkab

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Qoraqalpog‘iston Respublikasiga amalga oshirgan tashrifi yakunida O‘zbekiston telekanalining “Axborot” dasturi uchun maxsus intervyu berdi.

Foto: UN.ORG

“Men O‘zbekistonda bo‘lganim va Prezident Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashib, bir qator masalalar yuzasidan muloqot qilganimdan mamnunman. Suhbat chog‘ida mamlakatingizda Prezident rahnamoligida olib borilayotgan keng ko‘langli islohotlar bilan yaqindan tanishdim. Jamiyatni yangilash, iqtisodiy yutuqlar omili, inson huqulari muhofazasi, tabiat resurslardan oqilona foydalanish va qolaversa aholi turmush tarzini yanada yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlar menda katta taassurot qoldirdi”.

 

“Orol muammosi bilan yaqindan tanishdim. Ahvol birmuncha murakkab. Xulosaga keldimki, bu tanglikni hal etish uchun jahon hamjamiyatini jalb qilish kerak. Ushbu dengiz holatini yaxshilash bo‘yicha floralik faunani tiklash bo‘yicha BMT doimo O‘zbekistonni qo‘llab-quvvatlaydi. Men bunda bor imkoniyatimni ishga solishga tayyorman. O‘zbekistonni men o‘zim uchun qadrli maskan deb hisoblardim va shu tasavvurda o‘z faoliyatimda mamlakatingiz bilan hamkorlikni har sohada davom ettiraveraman”, — dedi BMT bosh kotibi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog