Foto: UzReport

Angrenda post-patrul xizmati xodimi tabel qurolidan o’ziga o‘q uzib, vafot etdi

Ma’lum qilinishicha, kecha,  27-iyun kuni soat taxminan 13.00larda Angren shahar IIB Post-patrul xizmati va jamoat tartibini saqlash guruhi xodimi safdor, 1987-yilda tugʻilgan Bekzod Bobomirzayev Angren shahar IIBning 4-qavatida oʻziga biriktirilgan “PM” tabel qurolidan oʻzining jagʻ qismiga qarata bir marotaba oʻq uzgan.

Natijada safdor B.Bobomirzayev olgan jarohatidan voqea joyida vafot etgan.

Hozirda oʻz joniga qasd qilish sabablari Ichki ishlar vazirligi va prokuratura organlarining maxsus tashkil etilgan guruhi tomonidan oʻrganilayotgani ma’lum qilingan.

Holat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining shaxsan nazoratiga olingani aytilmoqda.

Latest from Blog