Angrenda o‘lim bilan tugagan ulfatlar bazmi


Joriy yilning 18-aprel kuni taxminan 03:45 larda birga spirtli ichimlik iste’mol qilib, Georgiy Panning uyida bazmu jamshid qilayotgan angrenlik ulfatlar Albert Gabulov va Sergey Petrovlar (ismlari o‘zgartirilgan) o‘zaro kelishmovchilik oqibatida janjal kelib chiqqan, deya xabar qilmoqda IIB matbuot xizmati.

Janjal natijasida Albert Gabulov jon holatda sherigi Sergey Petrovning chap yelka, ko‘krak qismiga bir marotaba o‘tkir tig‘li jism bilan, bosh soxasiga  shisha idish bilan urib, tan jarohati yetkazgan.

Natijada Sergey Petrov olgan tan jarohatlaridan voqea joyida vafot etgan. Ushbu holat yuzasidan Albert Gabulovga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddlari bilan  jinoyat ishi qo‘zg’atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar