Angrenda hojatxonaga tushib ketgan fuqaro qutqarildi

16-oktabr kuni Angren shahridagi xonadonlarning birida fuqaro ehtiyotsizlik oqibatida hojatxona chuquriga tushib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.

“Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari tezkorlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro chuqurdan chiqarib olingan va unga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Xabarda qayd etilishicha, hozirgi vaqtda jabrlanuvchi o‘z uyida bo‘lib, uning sog‘ligi qoniqarli deb baholanmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar